Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Holand «Borussiya»da yangi raqam ostida to‘p tepadi

Holand «Borussiya»da yangi raqam ostida to‘p tepadi

Автор: admin

Erling Holand keyingi mavsumdan boshlab Dortmundning "Borussiya" klubida to‘qqizinchi raqam ostida to‘p suradi, deb xabar beradi jamoa tvitterdagi sahifasida.
Norvegiyalik hujumchi Dortmund jamoasi safiga 2020-yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi va mavsumning bir qismini 17-raqamda o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Holand klub darajasida 40 ta uchrashuv o‘tkazib, 44 ta gol va 10 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.
Manba: twitter.com/BVB
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *