Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Artur-Pyanich rokirovkasidan kim yutdiyu, kim yutqazdi?

Artur-Pyanich rokirovkasidan kim yutdiyu, kim yutqazdi?

Автор: admin

Goal24.uz Pyanich – Artur “barteri”dan kim ko‘proq naf ko‘rgani borasida fikr almashadi.
“Barselona” nima yutqazdi?
Artur Messini Ronalduga almashtirishga qaror qildi. Balki bu tanlovda braziliyalik futbolchiga so‘nggi so‘z berilmagandir. Bunisi endi muhim emas. Muhimi shundaki, endi “Barselona”da yoshi katta futbolchilar soni yana bittaga ortdi. Endi Kataloniya klubida 33 yoshli Pike, Suares, Vidalva Messi bor. 32 yoshlilar orasida Rakitich va Busketsni alohida qayd etib o‘tish joiz. Ulardan bir yosh kichikroq Alba ham yoshi katta futbolchilardan biriga aylanib bo‘ldi. Pyanich asosiy tarkibdagi o‘n birinchi yoshi 30 dan o‘tgan futbolchiga aylandi. To‘g‘risi, Bartomeu nima maqsadda bu transferga qo‘l urgani tushunarsiz. 30 yoshli Pyanich uchun Artur va yana 5 million bonus? Buni qanday izohlash mumkin? Bartomeu “Barselona” uchun bankdan kreditlar olishda davom etmoqda. Vaholanki, uning vakolati kelasi yili o‘z yakuniga yetadi. Katta ehtimol bilan u o‘zidan qariya tarkib va katta qarz qoldiradi xolos. Endilikda, “Barselona” “Milan” singari krizis ko‘chasiga kirib qolishi mumkin. Qariyalarning o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan Fati, Puch, Alenya va Firponing darajasi hali “Barselona”nikiga “tortmaydi”.
“Yuventus” nima “yutqazdi?
Bir qarashda ajoyib transfer, biroq Pyanichning ketishi katta talofat keltirishi mumkin. Uning o‘rnini egallagan Artur qisqa paslar ustasi. Shunday bo‘lsada, u Pyanich singari pleymeyker emas. Boz ustiga, undan tayanch yarim himoyachisi ham chiqmaydi. Eng qizig‘i shundaki, Artur klub tarixida eng ko‘p pul sarf etilgan 4-o‘rindagi futbolchiga aylandi. Tan olish lozim, Pyanich o‘yin davomida sxemani o‘zgartirishga qodir taktik futbolchi edi. Artur esa, “Barselona”da o‘z so‘zini to‘liq ayta olmagan yosh bir yigit xolos. Bu transferdan “Yuventus” nimadir yutgan bo‘lishi mumkin, biroq yaqin 2 mavsumda uning effekti ko‘rinmasligi mumkin. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.
Artur Melo nima “yutdi”?
“Yuventus”da istalgan yarim himoyachi uchun to‘p surish oson. Boz ustiga, Melo markazda Pyanich tashlab ketgan bo‘sh zonani to‘ldiradi va o‘zi uchun asosiy tarkibdan o‘rinni naqdlaydi. Remzi va Matyudi klubda uzoq qolmaydi. Shu sababli, Artur kamida 5 yil Turin superklubining asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. Uning jamoadoshlarining 60 foizi o‘zi singari kelajagi porloq futbolchilar. Afsuski, Artur Kataloniyada qolishni istasa ham uni Pyanichga almashtirib yuborishdi. Shunday bo‘lsada, braziliyalik yarim himoyachi “Yuve”ga o‘tib xato qilmadi. Sababi Setyen uni jamoaning asosiy ijrochisi sifatida qabul qilmayotgan edi. Boz ustiga, endi Artur Turinda Katalanoniyadan 2,5 barobar ko‘proq maosh oladi.
Miralem Pyanich nima “yutdi”?
Bosniyalik futbolchi klub va muxlislar bilan juda chiroyli xayrlashdi. Anyelli oilasini rozi qilib Turinni tark etdi. Pyanich klub bilan 2023 yilga qadar shartnomaga ega bo‘lishiga qaramay, “Barselona”da to‘p surishga muvaffaq bo‘ladi. Bu Messi bilan birga to‘p surish uchun ajoyib imkoniyat edi va bundan Pyanich foydalandi. Miralem endi tayanch zonasida ter to‘kishi shart emas. O‘zi sevgan hujumga yaqinroq joyni eggallashi mumkin. “Barsa”dagi barcha qora ishlarni Buskets amalga oshirmoqda. Shu sababli, bor e’tibori hujum tashkil etishga qaratish mumkin. Endi u bir paytlar Inyesta Messi bilan tandem hosil qilgani kabi markazdan muqim o‘rin egallaydi. Tan olish lozim, Pyanich aynan hujumkorligi bilan grand klublar e’tiborga tushgan. To‘g‘ri, Andres Inyesta buyuk futbolchi, biroq hujumkorlik statistikasi borasida Pyanich undan ustunroq. Boz ustiga, Artur Kataloniyada so‘nggi pasni ijro etuvchi obrazida emas edi. Pyanich aynan shu omil evaziga “Barselona” uchun muhim ijrochiga aylanadi.
Ronaldu bu transferdan “yutqazdi”
To‘g‘risi Sarri “Yuventus”ning maydon markazi qanday ko‘rinish olishini istayotgani noma’lum. Jamoani Pyanich tark etgach, jamoa 4-3-3 sxemasidan voz kechishi talab etiladi. Endi ushbu sxemani to‘liq qo‘llab-quvvatlash uchun sifatli tayanch yarim himoyachisi zarur. Afsuski, Arturning jamoaga kelishi tarkibda ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Statistikaga e’tibor qaratsak, Ronalduni zarba zonasiga chiqargan uzatmalarning 73 foizi (yarim himoyachilar orasida) aynan bosniyalik futbolchiga tegishli. Vaholanki, Pyanich tayanch yarim himoyachisi. Shunga qaramay, u Ronalduni to‘p bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan edi. Endlikda, Arturdan u singari ikkita funksiyani bajarishni kutish noo‘rin. U klassik yarim himoyachi. Unda so‘nggi pas yo‘q. Boz ustiga, tayanch zonasida to‘p surish bobida ham tajriba juda kam.
Lionel Messi “yutdi”
Tan olish lozim, Artur o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmadi. Sababi, “Barselona” markazida asosiy ishni Messi amalga oshirmoqda. Rakitich bejizga bosniyalik futbolchini e’tibordan chetda qolgan yulduz deb atamadi. Uning tarkibda bo‘lishi, LionelMessi uchun bir nechta qulayliklarni yaratadi. Pyanich 4 bor A seriyada g‘olib chiqqan tajribali futbolchi. Aynan shu tajriba Messini maydon bo‘ylab erkinroq harakat qilishini ta’minlashi mumkin. Agar Setyen Pyanichga hujum boshlashni, so‘nggi pas ijro etishni yuklasa, biz Leoni avvalgi o‘yin manerasida ko‘rishimiz mumkin. Kataloniyani Xavi va Inyesta tark etgach, Messi markazga chekinishga majbur bo‘lganidan xabaringiz bor. Endilikda, Pyanich biroz bo‘lsada Messini yengil tin olishini ta’minlashi mumkin. Ronaldudan farqli o‘laroq, shaxsan Messi bu rokirovkadan foyda ko‘rdi.

249   
Добавить комментарий
Ваше имя: *