Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. “Atletiko” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Moratadan dubl

La Liga. “Atletiko” yirik hisobda g‘alaba qozondi, Moratadan dubl

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida “Atletiko” 3-iyul, juma kuni “Malyorka”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Alvaro Morata penaltini aniq amalga oshirdi, hujumchi tanaffus arafasida “matraschilar” va o‘zining ikkinchi golini urdi. 79-daqiqada Koke yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.
Ushbu g‘alabadan keyin Diyego Simeone jamoasining ochkolari 62 taga yetdi va ular 3-o‘rinda bormoqda. “Malyorka” (29) esa 18-pog‘onada qoldi.
La Liga
34-tur bahsi
3-iyul, juma

“Atletiko” — “Malyorka” 3:0

Gollar: 1:0 – 29, penalti Morata, 2:0 – 45 Morata, 3:0 – 79 Koke.
“Atletiko”: Oblak, Sanches (Lodi, 62), Ximenes, Savich, Trippyer, Koke, Saul (Tomas, 80), Lyorente, Ferreyra Karrasko (Vitolo, 55), Joau Feliks (Korrea, 54), Morata (Diyego Kosta, 62).
“Malyorka”: Reyna, Sedlar, Railo, Games (Sastre, 70), Baba (Chavarriya, 80), Poso, Febas (Sevilya, 57), Dani Rodriges, Kubo, Ernandes (Prats, 70), Traykovski (Lago Junior, 57).
Ogohlantirishlar: Sedlar (26), Saul (44), Diyego Kosta (68).
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *