Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Alkantaraning "Bavariya"dan ketishi haqidagi xabar tasdiqlandi

Alkantaraning "Bavariya"dan ketishi haqidagi xabar tasdiqlandi

Автор: admin

Uni tekinga qo‘yib yuborishmaydi.
"Bavariya" klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge ispaniyalik xavbek Tyago Alkantara jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi.
“Tyago Alkantara va David Alaba – maydon va undan tashqarida ham yuqori darajadagi futbolchilar. Hozir biz moliyaviy tomondan eng maqbul qarorga kelishimiz kerak. Ularning shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi va tabiiyki biz ularni tekinga qo‘yib yuborishni xohlamaymiz.
Tyago ketishni istamoqda. Biz esa uning transferi bo‘yicha kelayotgan barcha takliflardan mamnunmiz. Bir so‘z aytishim mumkin – biz uni shunchaki yo‘qotishni xohlamaymiz”, - deydi Rummenigge.
Alkantara joriy mavsum “Bavariya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *