Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Yuventus” “Tottenxem”ga futbolchi almashtirishni taklif qildi

“Yuventus” “Tottenxem”ga futbolchi almashtirishni taklif qildi

Автор: admin

Hozircha bu taklif “shporlar”ga maqul kelmagan.
Turin klubi Aaron Remzini “shporlar” yarim himoyachisi Tangi Ndombelega almashtirishni taklif qildi. “Yuventus” bu rokirovka tovon pulisiz amalga oshishini xohlagan. “Tottenxem” esa bunga rad javobini bergan. “SHporlar” rahbariyati 23 yoshli Ndombeleni sotish niyatida emasligini bildirgan. Qayd etish joiz, Ndombele o'tgan mavsum 60 mln evro evaziga “Lion”dan sotib olingandi. Hozircha uning jamoa ustozi Joze Mourinyu bilan aloqasi yaxshi emasligi aytilmoqda.
Turinliklar esa haftasiga 400 ming evro maosh olayotgan Aaron Remzidan tezroq xalos bo'lishni rejalashtirgan.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *