Goal24.uz » Jahon » Yevro-2004ning eng yaxshi to‘purari futbolchilik faoliyatini yakunladi

Yevro-2004ning eng yaxshi to‘purari futbolchilik faoliyatini yakunladi

Автор: admin

Chexiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Milan Barosh faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda 38 yoshli hujumchi to‘p surgan Ostravaning «Banik» klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Baroshning aytishicha, futbolchi sog‘lig‘idagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Oyog‘idan olgan jarohat unga mashg‘ulot o‘tkazish va maydonga tushish imkoniyatini bermagan.
«Hozir vaqtimni dam olishga sarflamoqchiman. Oldimda takliflar yo‘q emas. Bir umr futbolda bo‘ldim, faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham futbolda boshqa lavozimda qolsam kerak. Ammo eng avvalo ta’tilga chiqishim kerak», - deydi chexiyalik forvard.
Barosh faoliyatini 1998 yilda «Banik» klubida boshlagan bo‘lib, Angliyaning «Liverpul», «Aston Villa» va «Portsmut», Fransiyaning «Lion», Turkiyaning «Galatasaroy» va «Antalyaspor» klublarida to‘p surgan.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *