Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard Kepaning o‘rniga zo‘r golkiper topdi

Lempard Kepaning o‘rniga zo‘r golkiper topdi

Автор: admin

Uni Mourino ham kutmoqda
Oxirgi uch mavsum davomida barqaror o‘yin namoyish etayotgan “Lill” darvozaboni Mayk Menyanning harakatlari “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempardga yoqib qoldi.
Lempard Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi uchrashuv davomida Mayk bilan suhbatlashgani va uni jamoasiga taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. “Chelsi”ning hozirgi darvozaboni dunyoda eng qimmat ekaniga qaramay, puliga yarasha o‘yin ko‘rsata olmayapti.
Menyanga Joze Mourino ham ko‘z tikkan. “Tottenxem” yoshi o‘tib qolayotgan Ugo Lorisga o‘rinbosar qidirmoqda.
“Lill” yaxshi narx evaziga 24 yoshli darvozabonni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Chunki jamoada 25 yoshli braziliyalik Leo Jarjim va 18 yoshli Luka Shevale kabi asosiy tarkibda o‘ynashga qodir darvozabonlar bor.
430   
Добавить комментарий
Ваше имя: *