Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Maksim Shatskix ishlayotgan “Rotor” klubi Rossiya Premyer Ligasida ishtirok etishdan bosh tortmoqchi

Maksim Shatskix ishlayotgan “Rotor” klubi Rossiya Premyer Ligasida ishtirok etishdan bosh tortmoqchi

Автор: admin

“Rotor” futbol klubi Rossiya Premyer Ligasida qatnashishdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda “Argumenti nedeli” nashri xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, mavsum yakunlariga ko‘ra, Rossiya milliy futbol ligasida (FNL) birinchi o‘rinni egallagan Volgograd klubi kelasi mavsumda Rossiya Premyer Ligasida ishtirok etishdan bosh tortmoqchi. Buning sababi moliyaviy muammolar bilan bog‘lanmoqda.
Agar “Rotor” Premyer Ligada qatnashmasa, shuningdek, “Ximki” klubining ham FNLda qolishni istayotgani tasdiqlansa, mavsum yakunida RPLni hech qaysi klub tark etmaydi.
Avvalroq “Rotor” o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. Denisov klub safida 2 ta o‘yin o‘tkazgandi.
Shuningdek, “Rotor” jamoasida o‘zbekistonlik sobiq hujumchi Maksim Shatskix yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *