Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» «Lokomotiv» bilan futbolchi almashishi mumkin

«Milan» «Lokomotiv» bilan futbolchi almashishi mumkin

Автор: admin

Italiyaning «Milan» klubi Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan futbolchi almashishi mumkin.
Transfer20 portali xabariga ko‘ra, «rossoneri» himoyachi Diyego Laksalt xizmatini «temiryo‘lchilar»ga taklif qilmoqda. Uning o‘rniga esa yarimhimoyachi Aleksey Miranchukni so‘ramoqda.
Har ikkala futbolchining transfer qiymati 15 mln yevroga baholanyapti. Shu tufayli futbolchilar almashtirilishi mumkin.
24 yoshli Miranchukning «Lokomotiv» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 27ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *