Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bukmekerlarda Messi qayerga ketishi mumkinligi haqida stavka paydo bo‘ldi. Eng yaqin variant – «Yuventus»

Bukmekerlarda Messi qayerga ketishi mumkinligi haqida stavka paydo bo‘ldi. Eng yaqin variant – «Yuventus»

Автор: admin

Lionel Messi «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi gaplar tobora ko‘paymoqda. Ispan nashrlarining yozishicha, Messi mavsum yakunida klubdan ketishga qaror qilgan.
Bukmekerlar allaqachon Messi qaysi jamoaga ketishi mumkinligi haqida stavka qabul qilishni boshladi. Messining jamoada qolishiga tabiiyki past koeffitsiyent qo‘yilgan. Uning faoliyatini «Barselona»da yakunlashi haqida esa alohida stavka belgilangan.
Ba’zi bukmekerlik idoralarida Messining jamoadan ketishiga 2,25 koeffitsiyent dov belgilangan va bu juda jiddiy ko‘rsatkich. Shuningdek, Messi «Barselona»dan ketsa, qayerga o‘tishi mumkinligi borasida alohida stavkalar ham mavjud. Ular orasida «Yuventus» va «Manchester Siti»ning imkoniyatlari nisbatan yuqori baholangan (8,00 koeffitsent).
Ro‘yxatda «PSJ» (10,00), «MYU» (20,00), «Inter» (30,00), Argentina klubi (50,00), Xitoy klubi (50,00), MLS klubi (50,00) va «Real» (100,00) variantlari ham bor. Ya’ni, Messi «Real»ga o‘tishi uchun 100 dollar tiksangiz va Messi chindan «Real»ga o‘tsa, pulingiz 10 ming dollar bo‘lib qaytadi.
272   
Добавить комментарий
Ваше имя: *