Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Oston Urunov «Ufa»ning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Oston Urunov «Ufa»ning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Автор: admin

«Ufa» yarimhimoyachisi Oston Urunov klubning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
19 yoshli yarimhimoyachi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 31,6 foiz ovoz to‘plab, birinchi bo‘ldi.
Iyun oyida Urunov «Tambov» (2:1) va «Spartak» (0:0) klublariga qarshi bahslarda yakkakurashlar va aldamchi harakatlar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Oston Urunov 2020 yil yanvar oyida 150 ming dollar evaziga Toshkentning «Lokomotiv» klubidan «Ufa»ga o‘tgan edi. Bu mavsumda futbolchi RPL doirasida 6ta o‘yinda maydonga tushdi.
«Ufa» Rossiya chempionati 25 turidan keyin 32 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *