Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten Messining «Barselona»dan ketmoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Seten Messining «Barselona»dan ketmoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten hujumchi Lionel Messining klubni tark etmoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yil yozida nihoyasiga yetadi va uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan. 
«Bu mavzudagi mish-mishlarga sharh berishni istamayman. Messining o‘zidan bunday gapni eshitmadim, shu tufayli hech narsa deyolmayman. Leo bilan bog‘liq vaziyat yaxshi, qolgan gaplar – mish-mish. Biz ularni izohlamaymiz», - deb Seten so‘zlarini keltirmoqda AS.
Avvalroq, «Barselona»dagi ichki muhitning yomonligi tufayli Messi klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *