Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona"ning 2 nafar futbolchisi Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Автор: admin

Turk grandi ham transfer bozorida faol.
"Fenerbaxche" klubi joriy yozgi transferlar davrida "Barselona"ning 2 nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turk klubi himoyachilar Jan-Kler Todibo va Mussa Vagega qiziqib qolgan. Aytish kerakki, frantsiyalik futbolchi mavsumni “Shalke” safida ijarada o‘tkazgan bo‘lsa, senegallik futbolchi “Nitstsa”da ijarada o‘tkazdi.
20 yoshli Todiboning transfer narxi 9 mln evro, 21 yoshli Vageniki esa 6,7 mln evroga baholanmoqda.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *