Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Turin derbisi»da «Yuve»dan yirik g‘alaba, Ronaldudan supergol

A Seriya. «Turin derbisi»da «Yuve»dan yirik g‘alaba, Ronaldudan supergol

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 30-turi doirasida «Yuventus» «Torino» klubi ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda Dibala, Kuadrado va Ronalduning jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi. 87-daqiqadasa esa «Torino» futbolchisi avtogolga mualliflik qilib, «Yuve»ning yirik hisobdagi g‘alabasiga sababchi bo‘ldi – 4:1.
Ushbu g‘alabadan keyin Sarri shogirdlarining ochkolari soni 75taga yetib, 2-o‘rindagi «Latsio» bilan oradagi farqni hozircha 7 ochkoga yetkazishdi. «Latsio» o‘z uchrashuvini «Milan»ga qarshi o‘tkazadi. 
A Seriya. 30-tur.
Yuventus – Torino 4:1

Gollar: 1:0 – 3 Dibala, 2:0 – 29 Kuadrado, 2:1 – 45, penalti Belotti, 3:1 – 61 Ronaldu, 4:1 – 87, avtogol Jidji.
Yuventus – Buffon, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Rabo, Pyanich (Matyuidi, 49), Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Dibala (Iguain, 80), Ronaldu.
Torino – Sirigu, de Silvestri (Edera, 80), Bremer (Jidji, 84), Voynovich, Ayna (Ansaldi, 84), Berenger, Meyte, Verdi (Milliko, 68), Lukich, Isso, Belotti.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *