Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Germaniya kubogi g‘olibi aniq bo‘ldi

Germaniya kubogi g‘olibi aniq bo‘ldi

Автор: admin

“Bayer” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasida Germaniya kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Olimpiyashtadion»da bo‘lib o‘tgan bahsda myunxenliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

Birinchi bo‘limda "Bavariya" Alaba va Gnabrining gollari evaziga oldinga o‘tib olishgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Robert Levandovski "dubl"ga erishdi.

Leverkuzenliklar ikkinchi bo‘limda Bender va Xavertsning gollari orqali ikki marta javob qaytarishdi.

Shu tariqa, Myunxen superklubi o‘z tarixida 20-marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritib, 13-marta "Oltin dubl"ni rasmiylashtirdi.

Germaniya kubogi, final
Bayer – Bavariya 2:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 16 Alaba, 0:2 – 24 Gnabri, 0:3 – 59 Levandovski, 1:3 – 63 Bender, 1:4 – 89 Levandovski, 2:4 – 90, penalti Xaverts.
Bayer – Gradeski, Vendell, Bender, Tapsoba, Xaverts, Arangis, Diabi, Baumgartlinger (Demirbay, 46), Beyli (Belarabi, 76), Amiri (Folland, 46), Bender (Vayzer, 82).
Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Boateng (Lyuka Ernandes, 69), Kimmix, Gnabri (Koutinyo, 87), Devis, Goretska, Koman (Perishich, 64), Levandovski, Myuller (Alkantara, 87).
Ogohlantirishlar: Vendell (28), Levandovski (67).
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *