Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu: «O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun jarima zarbasidan gol urishim shart edi»

Ronaldu: «O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun jarima zarbasidan gol urishim shart edi»

Автор: admin

«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriya 30-turi doirasida «Torino» (4:1) darvozasiga «Yuventus» safida kiritgan dastlabki jarima golidan keyin o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ochig‘ini aytsam, o‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun ham jarima zarbasidan gol urishim shart edi. 
O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik va puxta tayyorgarlik ko‘rib g‘alabaga erishdik. Muhimi shu. Bu uch ochkomiz «Latsio»ga bosim o‘tkazishi mumkin. 
Jamoa g‘alaba qozonsa bo‘ldi, golni kim urishi ahamiyatsiz. Butun jamoa yaxshi sport formasiga kirib oldi, endi «Milan»ni mag‘lub etishga intilamiz. Ushbu to‘qnashuv ham oson kechmasligi aniq», - deya Ronalduning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
Ma’lumot uchun, Ronalduning A Seriya doirasida «Yuventus» safidagi joriy mavsumdagi gollari soni 25taga yetdi.
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *