Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Shomurodov nima uchun «Krilya Sovetov»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

Shomurodov nima uchun «Krilya Sovetov»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Rossiya chempionatining 26-turi doirasida "Rostov" klubi Samarada "Krilya Sovetov" mehmoni bo‘lib, golsiz durangga imzo chekdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eldor Shomurodov maydonga tushmadi. Boisi, sariq kartochkalar yig‘ilib qolgani bois o‘zbekistonlik futbolchi "Krilya"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

25-tur doirasida "Krasnodar"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindagi ogohlantirish Shomurodov uchun mavsumdagi to‘rtinchisi bo‘lgan edi. Shu sababga ko‘ra, u bitta o‘yindan iborat diskvalifikasiyani o‘tadi.

"Rostov" kechagi durangdan keyin 43 ochko bilan jadvalda 4-o‘rinni egallab turibdi. SSKA esa "Axmat"ni mag‘lub etib, rostovliklarga yetib oldi.
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *