Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Yaxshiboyev BATEga o‘tadimi? «Energetik» bosh murabbiyi javob berdi

Yaxshiboyev BATEga o‘tadimi? «Energetik» bosh murabbiyi javob berdi

Автор: admin

«Energetik-BGU» bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy BATEga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Biz chempionatning odatdagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rdik. Hech qanday muammo bo‘lmadi. Futbolchimiz yana maydondan chetlatilgani uchun muammolarga duch keldik. Lekin vaziyatdan chiqib ketdik.

Agar Jasurchik [YAxshiboyev] bo‘lganida, BATE darvozasiga yana 2ta gol urrardik. Chunki qarshi hujumlarga ega bo‘lgandik. Umuman olganda, hammasi joyida, oldinga harakatlanyapmiz.

— Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgaradimi? Balki jamoa yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib borishini ma’lum qilarsiz?
— Biz bu maqsad sari intilyapmiz. Biz quyi o‘rinlar uchun kurash olib boryapmiz, deb gapirmayapman. Biz yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashish vazifasini qo‘ymaymiz. Agar yo‘llanma qo‘lga kiritilsa — bu yaxshi. Eng muhimi, yigitlar futbolchi sifatida o‘sishi kerak. Tarkibimizdagi yosh futbolchilarni ko‘rib turibsiz. Agar o‘tgan mavsumda BATE maydonida 0:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa, endi esa ishonch bilan o‘ynadik.

— Yaxshiboyev boshqa jamoaga o‘tadimi? Masalan, BATEga.
—Bu haqda eshitdim, lekin aniq takliflar bo‘lmadi. Uning agentlari kelishdi. Muzokaralar olib borishmoqda, ammo men aniq fikr bildira olmayman.
Manba: by.tribuna.com
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *