Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Reshford Runi natijasini takrorladi

Reshford Runi natijasini takrorladi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» forvardi Markus Reshford APL 33-turi doirasidagi «Bornmut»ga (5:2) qarshi uchrashuvda penaltidan gol urib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. 
Sky Sports’ning yozishicha, ushbu gol Reshfordning joriy mavsumdagi barcha turnirlarda kiritgan 20-goli bo‘lib, bu natija bilan Markus 8 yil avval qayd etilgan ko‘rsatkichni takrorlagan. 
Gap shundaki, 2000 yildan buyon «MYU» safida faqatgina uch nafar angliyalik futbolchilar bir mavsumda 20tadan ziyod gol urgan. Bular Ueyn Runi (2011/12, 2009/10, 2008/09, 2006/07), Pol Skoulz (2002/03) va Teddi Sheringem (2000/01) sanaladi. Reshford ham bir mavsumdagi gollari sonini 20taga yetkazib, 8 yil ichida bu ro‘yxatga kirgan dastlabki angliyalik futbolchi bo‘ldi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *