Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» o‘yinchilar savdosida 200 mln yevro pul ishlamoqchi

«Real» o‘yinchilar savdosida 200 mln yevro pul ishlamoqchi

Автор: admin

«Real» yozgi transfer paytida ortiqcha o‘yinchilarni sotib yuborib, 200 million yevro pul ishlab topmoqchi.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, Garet Beyl, Xames Rodriges, Braim Dias, Dani Sebalyos va Mariano Dias mavsum yakunlanganidan keyin Madridni tark etishadi.

Ushbu mavsum oxirida «qaymoqranglilar» tomonidan ijaraga berilgan ko‘pgina futbolchilar «Bernabeu»ga qaytishadi. Jamoa esa o‘z byudjetini barqarorlashtirish uchun bir necha nafar futbolchilar bilan xayrlashishi kerak.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomoshabinlarsiz o‘tkazilayotgan uchrashuvlar tufayli «Real» 150 million yevro miqdorida zarar ko‘radi.
Manba: sports.ru
123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *