Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jeymi Vardi APLda 100-golini urib, “Lester” rekordini o‘rnatdi

Jeymi Vardi APLda 100-golini urib, “Lester” rekordini o‘rnatdi

Автор: admin

“Lester” hujumchisi Jeymi Vardi “Kristal Pelas” qarshi uchrashuvda (3:0) o‘zining Angliya Premyer Ligasidagi 100-golini urdi.
Vardining mazkur uchrashuvdagi birinchi to‘pi 33 yoshli hujumchi uchun Premyer Ligadagi 100-gol bo‘ldi. Vardi “Lester” safida bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi, deya xabar beradi Goal.
“Kristal Pelas” qarshi o‘yinda Vardi 77 va 90-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi. “Lester”ning birinchi goliga esa 49-daqiqada Kelechi Ixeanacho mualliflik qildi.
33-turdan keyin “Lester” 58 ochko bilan turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi, “Kristal Pelas” (42) esa 13-o‘rinda bormoqda.
Jeymi Vardi joriy mavsumda Premyer Liga bahslarida 30 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 5 assist yozdirib qo‘ydi.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *