Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pol Skoulz «Liverpul» bilan kurashda «MYU»ga nima yetishmayotganligini aytdi

Pol Skoulz «Liverpul» bilan kurashda «MYU»ga nima yetishmayotganligini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz jamoaning Premer-liga chempionligi uchun kurashishida nima yetishmasligini aytib o‘tdi.
«Hozircha «Manchester Yunayted» «Liverpul» bilan chempionlik uchun kurashish darajasidan pastroqda. «Manchester Siti» esa hozirgi holatida ham keyingi mavsum kurashga qo‘shila olishi mumkin.
Yangi mavsum oldidan «Liverpul» va «Yunayted» o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lmaydi. Oldinroq, biz klub avvalgi holatini qaytarishi uchun 4-5 nafar top-futbolchilarni chaqirishi lozimligi haqida gapirgandik. Hozirga kelib esa vaziyat yaxshilangan, ammo jamoaga yana 2-3 nafar kuchli futbolchilar kerak. Ayniqsa, goleador hujumchi va Maguayrning yoniga tezkor markaziy himoyachi zarur. Maguayr o‘yinni nazorat qila oladi, ammo u oldinroq to‘p surganida qarshi hujumlarda qayta olishiga tezligi pand berishi mumkin. Lindelyof esa raqiblar hayiqadigan himoyachi emas. Maguayrning yonida yetakchilik qobiliyati bor bo‘lgan, Rio Ferdinand yoki Yap Stam singari hujumchilarni qo‘rqita oladigan himoyachi bo‘lsa «Yunayted» jiddiy maqsadlar uchun kurasha oladi», - deya Skoulzning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.
Ma’lumot uchun, «MYU» so‘nggi 10 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay, APLda 55 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
180   
Добавить комментарий
Ваше имя: *