Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Maqola. "CHelsi"ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan besh nafar markaziy himoyachi

Maqola. "CHelsi"ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan besh nafar markaziy himoyachi

Автор: admin

"Ko'klar"ning himoyasini kimlar kuchaytira oladi?
Xabaringiz bor, "CHelsi" anchadan beri o'tish davrini boshdan kechiryapti. Murabbiylar, falsafa, uslub va albatta, jamoa futbolchilari o'zgarib bormoqda. Hozir yosh Frenk Lempard boshchiligidagi jamoa tezkor va chiroyli futbol o'ynamoqda, ammo himoyada barqarorlik yo'q – ayniqsa, boshqa klublar bilan taqqoslaganda. Himoya markazida Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen, Kurt Zuma va Fikayo Tomori bor – ularni kuchli markaziy himoyachilar deyish qiyin.
Quyida "CHelsi" sotib olishi mumkin bo'lgan 5 ta markaziy himoyachini taqdim etamiz:

Samuel Umtiti
So'nggi yillarda "Barselona"ning asosiy o'yinchisiga aylangan, jahon chempioni Samuel Umtiti murabbiy Kike Seten bilan ishlay olmayapti va endilikda uning jamoadan ketishi haqidagi gaplar quloqqa chalinyapti. Hozir kataloniyaliklar yosh Ronald Arauxoni afzal ko'rishmoqda va albattaki, Umtiti bundan norozi.
Ishonchli, tezkor va kuchli o'yinchi londonliklar uchun juda mos keladi. Aytgancha, u chapaqay, "CHelsi" markaziy himoyachilarining aksariyati o'ng oyoqda to'p tepishadi. U 26 yoshda va g'oliblik ruhiga ega. Ehtimol, bu "CHelsi" uchun eng yaxshi variant.

Gabriel Magalyayns
Unga "Arsenal" va "CHelsi" qiziqish bildirmoqda va ularning etibor qaratishlari bekorga emas: Gabriel Magalyayns yoki shunchaki Gabriel - ideal zamonaviy himoyachidir.
Aqlli, taktik jihatdan mohir va qatiyatli, u hozir "Lill"da porlayapti. Ushbu mavsumda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bu bilan faxrlanishga sabab bor: o'rtacha hisobda bitta "blok", bir o'yinda o'rtacha 1,7 marta to'p olib qo'yish va har bir o'yin uchun 3,3 marta to'pni himoyadan uzoqlashtirish.
Gabriel hali yosh – u bor-yo'g'i 22 yoshda. Umuman olganda, "CHelsi" yosh Lempard bilan bu kabi iqtidorlarni, ayniqsa, kuchli ligalarda allaqachon o'zini namoyon qilganlarni jalb qilishi osonroq kechadi va ideal "yurish" bo'ladi.

Natan Ake
Agar siz mish-mishlarga quloq tutsangiz, "CHelsi" akademiyasi bitiruvchisi Natan Ake allaqachon o'z klubiga "qaytgan".
Ko'pchilik xuddi mahalliy tarbiyalanuvchilar Ris Jeyms, Temmi Abraxam va Meyson Maunt singari Akening ham qaytib kelishidan xursand bo'lgan bo'lardi. 
Ake "CHelsi" uchun eng xavfsiz variant bo'lib ko'rinadi, sababi futbolchi allaqachon Premer-liga bilan yaxshi tanish va hech qanday muammosiz klub safiga qo'shilib keta oladi. Qo'shimchasiga u chap qanotda ham o'ynashi mumkin. 
Niderlandiyalik pas berib o'ynash, to'pni raqibdan olib qo'yish va raqibning harakatlarini oldindan to'g'ri baholay olishi bilan maqtana oladi. Agar "Bornmut" qarshi bo'lmasa, Natan "CHelsi" uchun shubhasiz, munosib variant.

Kalidu Kulibali
Yosh himoyachi varianti yomon emas, lekin "CHelsi"da darhol tajribali futbolchini olib kelish imkoniyati ham bor, aslida. Masalan, Kalida Kulibali. Hozirgi kunda uni van Deyk va Varan darajasidagi o'yinchi hisoblashadi.
29 yoshli senegallik deyarli adashmaydi. U kuchli, ikkinchi qavatda zo'r o'ynaydi va butun jamoaning o'yiniga o'z tasirini o'tkaza oladi. Boshqacha aytganda, u shunchaki himoyachi emas – etakchi, tajovuzkor va texnik qobiliyati yuqori o'yinchi.
Agar kimdir "CHelsi" himoyasidagi tartibsizliklarni normallashtira olishi kerak bo'lsa, bu aynan Kulibali darajasidagi futbolchidir.

Lyuis Dank
Ilgari Lyuis Dankning "CHelsi"ga o'tishi haqidagi xabarlar tarqalgan, ammo o'shanda "Brayton" sardori sevimli jamoasini tark etishga shoshilmagan. Ayni paytda ingliz futbolchisi ligadagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo'lib, uning narxi -"atigi" 50 million funtga teng.

28 yoshli himoyachi hech qachon top klublarda o'ynamagan, biroq uning Premer-ligadagi ishtiyoqi va ishonchliligi "CHelsi"ning yangi etakchisi bo'la olishiga umid bermoqda.

155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *