Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real"ning penaltisi haqqoniymidi? Zidan javob berdi

"Real"ning penaltisi haqqoniymidi? Zidan javob berdi

Автор: admin

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 34-turida "Atletik" ustidan qozonilgan g‘alabaga (1:0) izoh berdi.

Ushbu o‘yinda yagona golni Serxio Ramos penaltidan kiritdi.

“Bu juda muhim g‘alaba. O‘yin qiyin bo‘ldi. Biz chempionlikni matematik jihatdan hal qilmagunimizcha dam olish va chempionmiz deb o‘ylashimiz mumkin emas.

Jarima haqqoniymidi? Men bu epizodni hali ko‘rmadim. Hakamlar g‘alaba qozonishimizga qanday yordam berishi haqida esa gapirishdan charchadim. Bu gapni aytuvchilar to‘xtamashydi. Ammo futbolchilar hurmatga sazovor», – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

"Real" bu g‘alabadan keyin ikkinchi o‘rindagi "Barselona"dan 7 ochko oldinga o‘tib oldi. Kataloniya klubi bugun 34-tur doirasida "Vilyarreal" bilan o‘ynaydi.
Manba: sport24.ru
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *