Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. Oston O‘runovning “Ufa”si 93-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

RPL. Oston O‘runovning “Ufa”si 93-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 26-turida “Ufa” 5-iyul, yakshanba kuni o‘z maydonida “Ural” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. 65-daqiqada maydon egalari bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Ionuts Nedelcharu ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Otman al-Kabir “Ural”ni oldinga olib chiqdi.
Barchasi mehmonlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Denis Terentyev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirdi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa “Ufa” mag‘lubiyatsiz seriyasini oltita o‘yinga yetkazdi va 33 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
RPL
26-tur bahsi
5-iyul, yakshanba

“Ufa” — “Ural” 1:1

Gollar: 0:1 – 66 al-Kabir, 1:1 – 90+3 Terentyev.
“Ufa”: Belenov, Suxov (Terentyev, 46), Nikitin (Krugovoy, 78), Nedelcharu, Tabidze, Fomin, Golubev (Aliyev, 79), O‘runov, Yokich, Krotov (Putsko, 67), Bizyak (Agalarov, 63).
“Ural”: Godzyur, Vilyush, Kulakov, Kalinin, Bumal, Kuxarchik (Augustinyak, 58), al-Kabir (Zolotov, 89), Yegorichev (Panyukov, 86), Bikfalvi, Bavin (Yefremov, 57), Yemelyanov.
Ogohlantirishlar: Urunov (33), Nedelcharu (39), Terentyev (49), Kalinin (60), Yokich (65), Bumal (71), Putsko (80).
Chetlatish: Nedelcharu (65).
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *