Goal24.uz » Transfer » Erling Holand

Erling Holand

Автор: admin


«Red Bull Zalsburg» hujumchisi Erling Holand klubni yanvarda qishki transferlar doirasida tark etishi mumkin.
Bild nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli forvardning amaldagi shartnomasida 20 mln yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan. Norvegiyalik bu futbolchi so‘nggi oylarda Yevropadagi eng talabgir futbolchiga aylandi. Unga «Real», «Yuventus» va «Bavariya» kabi klublarda jiddiy qiziqish mavjud. «Manchester Yunayted» ham ushbu futbolchini sotib olishni istamoqda, ammo Holandning otasi Premer-liga o‘tishni to‘g‘ri variant deb hisoblamayapti, uning fikricha hali bunga erta.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra ingliz klubi Holandni qishda sotib olib, avstriyaliklar klubiga qaytarib ijaraga berishi ham mumkin. 
Erling Holand «Red Bull Zalsburg»ga 2019 yil yanvarida «Molde» klubi safidan o‘tgandi. O‘shanda uning transferi  5 mln yevroga tushgandi.
Yosh hujumchi joriy mavsumda Avstriya chempionatida 13 o‘yinda maydonga tushib, 15 gol urdi va 4 golga uzatma berdi. Chempionlar ligasida esa Erling 5 o‘yinda 8 gol urishga ulgurdi.
503     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *