Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Napoli” turning markaziy o‘yinida “Roma”dan ustun keldi

A Seriya. “Napoli” turning markaziy o‘yinida “Roma”dan ustun keldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yini “Napoli” va “Roma” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida gol bo‘lmadi. 55-daqiqada Xose Kalyexon neapolliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, Genrix Mxitaryan muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Lorenso Insinye maydon egalarining ikkinchi to‘pini kiritdi.
Shu tariqa Jennaro Gattuzo shogirlari ochkolarini 48 taga yetkazib oldi va “Roma” bilan 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
“Atalanta” safarda “Kalyari”ni mag‘lub etgan holda ochkolarini 63 taga yetkazdi va 3-o‘rindagi “Inter”dan bir ochko ortda qolmoqda. “Breshiya” esa o‘z uyida “Verona”ni yengdi 19-pog‘onaga ko‘tarildi.
30-turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
A Seriya
30-tur bahslari
5-iyul, yakshanba

“Napoli” — “Roma” 2:1

Gollar: 1:0 – 55 Kalyexon, 1:1 – 60 Mxitaryan, 2:1 – 82 Insinye.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Manolas (Maksimovich, 63), Kulibali, Mariu Ruy, Fabian Ruis (Elmaz, 86), Demme (Lobotka, 70), Zelinski, Kalyexon (Losano, 70), Milik (Mertens, 63), Insinye.
“Roma”: Lopes, Zappakosta, Manchini, Smolling (Fasio, 30), Rojer, Spinatssola, Pellegrini (Kristante, 76), Veretu, Mxitaryan, Klyuyvert (Zaniolo, 66), Jeko.
Ogohlantirishlar: Demme (7), Pellegrini (9), Kulibali (48), Manchini (65), Veretu (75), Kristante (80).

“Breshiya” — “Verona” 2:0

Gollar: 1:0 – 52 Papetti, 2:0 – 90 Donnarumma.

“Kalyari” — “Atalanta” 0:1

Gol: 0:1 – 27, penalti Muriel.

“Udineze” — “Jenoa” 2:2

Gollar: 1:0 – 44 Fofana, 2:0 – 73 Lazanya, 2:1 – 81 Pandev, 2:2 – 90 Pinamonti.

“Sampdoriya” — SPAL 3:0

Gollar: 1:0 – 11 Linetti, 2:0 – 44 Gabbyadini, 3:0 – 45 Linetti.

“Parma” — “Fiorentina” 1:2

Gollar: 0:1 – 19, penalti Pulgar, 0:2 – 31, penalti Pulgar, 1:2 – 50, penalti Kutska.
175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *