Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola faoliyatida antirekord

Gvardiola faoliyatida antirekord

Автор: admin

Pep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» klubi APL 33-turi doirasidagi «Sauthempton»ga qarshi safar uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. 
Ushbu mag‘lubiyat 49 yoshli ispaniyalik murabbiy uchun safar o‘yinidagi ketma-ket 3-mag‘lubiyatga aylandi. Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida bungacha hech qachon chempionatning ketma-ket uchta safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagandi. Ya’ni, «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti»dagi jami 201 o‘yinida murabbiyning ketma-ket safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlari soni 3ta bahsgacha yetmagandi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 33-turdan keyin 66 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rindagi «Liverpul» hisobida 89 ochko bo‘lib, muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *