Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga klubi bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

La Liga klubi bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

Автор: admin

La Liga ishtirokchisi «Alaves» klubi rasmiy sayti orqali jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berganligini e’lon qildi.
Manbada yozilishicha, o‘tgan mavsumdan buyon klubni boshqarib kelgan bosh murabbiy Aser Garitano qoniqarsiz natijalar sababli iste’foga chiqarilgan. Shuningdek, Garitano bilan birga ishlagan murabbiylar shtabidagi mutaxassislar ham vazifasidan ozod etilgan. 
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, «Alaves» bosh murabbiyi sifatida Xuan Ramos Munis tayinlangan. Avvalroq, «Malaga», «Levante» klublarini boshqargan ushbu mutaxassis ushbu mavsumda hech qayerda faoliyat olib bormayotgan edi.
Ma’lumot uchun, «Alaves» hozirda turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. Klub 34 tur davomida 35 ochko jamg‘arib, jamoani xavfli zonadan 6 ochko ajratib turibdi. «Alaves» so‘nggi 5 o‘yinda 5 marta mag‘lubiyatga uchragan - umumiy hisob 2:12ni tashkil etgan.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *