Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu: "VAR har doim faqat bir jamoaga omad keltirmoqda"

Bartomeu: "VAR har doim faqat bir jamoaga omad keltirmoqda"

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu La Liganing 34-turi doirasida o‘tkazilgan «Real» – «Atletik» o‘yinidagi (1:0) hakamlarning ishiga baho berdi.
«Men Bilbaodagi o‘yinning ikkinchi bo‘limi oxirlarini ko‘rdim. Madridning yana bir g‘alabasi va men yana o‘z so‘zimni takrorlamoqchiman: menda yoqimsiz tuyg‘u bor, chunki bu dunyoning eng yaxshi ligasi, VAR esa o‘z ishini bajarmayapti va ba’zi natijalarga ta’sir o‘tkazyapti. Aftidan, VAR har doim faqat bir jamoaga omad keltirmoqda.
Bizning ba’zi natijalarimiz yaxshi bo‘lmasa-da, VAR tizimi adolatsiz qarorlar chiqardi va bundan bir nechta jamoalar zarar ko‘rdi. Biz Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi bilan buni muhokama qilganmiz.
VAR tizimi hakamlarga yordam berishi kerak, ammo barchamiz tizim adolatsiz qaror chiqargan ko‘plab vaziyatlarga guvoh bo‘ldik», – deydi Bartomeu.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *