Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Massimiliano Allegri: «La Ligada ishlash? Kim ham yo‘q derdi»

Massimiliano Allegri: «La Ligada ishlash? Kim ham yo‘q derdi»

Автор: admin

«Milan» va «Yuventus» klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z ishini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
«Yetarlicha dam olishga ulgurdim, quvvatlagichlarimni quvvatlantirdim, desam ham bo‘ladi. Endi yana ishlashga tayyorman. Hozirda Livornoda oilam bilan birgaman. 
Ispaniyada ishlash? La Ligada ishlashga kim ham yo‘q derdi. Qayerda bo‘lishi muhim emas, eng asosiysi yuksak maqsadlar uchun kurashishga tayyor bo‘lgan klubni izlayapman», - deydi Allegri Marca nashriga.
Ma’lumot uchun, 52 yoshli mutaxassis 2019 yilning iyun oyida «Yuventus» bosh murabbiyligini tark etib, hozirgacha hech qayerda faoliyat yuritmayapti.
Oldinroq, Allegriga «PSJ» va «MYU» klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *