Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» nimani ham nishonlardi, shunga fursatdan foydalanib qolishayapti». Mourino «to‘pchilar»ning «Tottenhem» haqidagi haziliga javob qaytardi

«Arsenal» nimani ham nishonlardi, shunga fursatdan foydalanib qolishayapti». Mourino «to‘pchilar»ning «Tottenhem» haqidagi haziliga javob qaytardi

Автор: admin

«Tottenhem» klubi APL doirasidagi o‘yinda «Sheffild Yunayted»ga (1:3) mag‘lubiyatga uchragach, ushbu klubning ashaddiy raqibi «Arsenal» tomonidan hazilga uchradi. 
Joze Mourino boshqaruvidagi klub «Sheffild»ga mag‘lub bo‘lgach, «Arsenal» klubining «feysbuk»dagi rasmiy sahifasi Angliya kubogi doirasida «Sheffild» ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yin (2:1) videosharhini joylab, «Sheffild»ni «Bremell Leyn» stadionida mag‘lub etish oson ish emas. Buni qanday uddalash mumkinligi haqida eslatamiz», - deya yozilgandi «Arsenal» klubi videosida.
Ushbu video ostida klubning aksariyat muxlislari ham asosiy raqobatchilarining mag‘lubiyatini «troll» qilishgandi.
«Tottenhem» - «Everton» o‘yini oldidan «taqachilar» bosh murabbiyi Joze Mourino «kanonirlar»ning haziliga javob qaytardi.
«O‘ylaymanki, «Arsenal» APLda yetakchilik qilganida yoki top-4lik uchun kurash olib borayotganida boshqa klublarning mummolaridan zavqlanmasdi. Odatda, kim shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirsa, shunaqa ishlar bilan band bo‘ladi.
Shunday ekan, ularning bu ishi ko‘proq o‘zlarining ahvollarini ko‘rsatayotgandek. Bayram qilay deyishsa, nimani ham nishonlashardi, shu bois fursatdan foydalanib qolishayapti. Aslida ularning ayni damdagi holati biznikidan deyarli farq qilmaydi.
Bu hazilni qilgan odam buni o‘zi o‘ylab topgan. Raqib ustidan kulishni Arteta, Jaka yoki «Arsenal»ning qaysidir sardori qilganligiga ishonmayman. Ehtimol, buni uch oydan buyon uyidan ishlayotgan qaysidir bola qilgandir. Nima ham derdim «Arsenal»ga qarshi o‘yinini kutamiz», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» 12 iyul kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Mourino jamoasi APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bo‘lsa,  «Arsenal» 7-pog‘onadan joy olgan.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *