Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Lokomotiv» «Surxon»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Lokomotiv» «Surxon»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Superliga 8-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi «Surxon» jamoasi Toshkentda «Lokomotiv»ga mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinning 20-daqiqasida Farrux Ibrohimov hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqada termizliklar himoyachisi Jahongir Mehmonov bosh bilan yo‘llangan zarba bilan muvozanatni tikladi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida esa Marat Bikmev Maxaradze tomonidan yetkazib berilgan to‘pni chiroyli zarba bilan Amonov darvozasining uzoq burchagiga joylab qo‘ydi – 2:1.
Ushbu g‘alabadan keyin Fyodorov qo‘l ostidagi «temiryo‘lchilar»ning ochkolari soni 12taga yetib, ular hozircha 8-o‘ringa qolishdi. «Surxon» esa 4 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi. 
Superliga, 8-tur. 
6 iyul (dushanba)
«Lokomotiv» – «Surxon» - 2:1
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Artyom Kalinin, Sultonmurod Ulfatov, Naim Qosimov
Gollar: Farrux Ibrohimov 20, Marat Bikmayev 68 - Jahongir Mehmonov 31.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Shahzod Shaymanov (22.Kamron Saidazimov, 80), 6.Davron Umirov, 7.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (70.Oybek Qilichev, 71), 19.Avazbek O‘lmasaliyev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 63), 24.Davron Hoshimov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev (25.Javohir Alijonov, 63), 77.Diyorjon Turopov, 80.Farrux Ibrohimov.
«Surxon»: 1.Asilbek Amonov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 7.Husniddin G‘ofurov, 8.Sherzod Karimov, 11.Aleksandr Kasyan, 19.Nuriddin Hasanov (10.Shavkat Salomov 70), 20.Husniddin G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich, 66.Behruz Shaydulov (77.Asror G‘ofurov, 84).
175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *