Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zinedin Zidan: “Xames Rodriges maydonga tushishni xohlamayapti”

Zinedin Zidan: “Xames Rodriges maydonga tushishni xohlamayapti”

Автор: admin

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Xames Rodrigesning nima sababdan “Atletik”ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy olmaganini aytdi.
“Xames qaydnomaga kiritilmadi, chunki buni uning o‘zi xohlamadi. Boshqa bu haqda gapirishni xohlamayman”, — deydi Zidan.
Futbolchi avvalroq “Real”dan ketish istagida ekanligini ham ma’lum qilgandi. Shuningdek, “Real” uni hamshahari “Atletiko Madrid”ga sotmaganini ham ta’kidlagandi.
Xames Rodriges 2014-yildan (2017—2019-yillarda “Bavariya”da ijarada asosida harakat qildi) beri “Real” safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatining 8 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golga hammuallif bo‘ldi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *