Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul”ning yagona noziq nuqtasi

“Liverpul”ning yagona noziq nuqtasi

Автор: admin

Kloppga qimmatli maslahat
“Liverpul” afsonasi Grem Suness hozirgi tarkibning yagona nozik jihatini aytib o‘tdi.
“Liverpul” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Chempionlar ligasi va Angliya premer-ligasini yutganiga qaramay, yana bir nafar zo‘r hujumchiga ehtiyoji borligini tan olmayotgani meni ranjitdi. Muhammad Saloh, Roberto Firmino va Sadio Manedan biri safdan chiqsa, uning o‘rnini bosadigan hujumchi yo‘q va o‘yin sifati tushib ketayotgani ko‘rinib qolmoqda. Origi bu vazifani uddalay olmaydi. Men adashayotgan bo‘lay va “Liverpul” yana bir zo‘r hujumchi olsin, - dedi Suness.
Shu o‘rinda, “Liverpuo” PSJ hujumchisi Kilian Mbappega jiddiy qiziqish bildirayotganini aytish lozim.
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *