Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Rangnik «Milan»da ikki lavozimda ishlaydi

Rangnik «Milan»da ikki lavozimda ishlaydi

Автор: admin

«Zalsburg» menejeri Ralf Rangnik «Milan»ga o‘tishga yaqin.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, avstriyalik mutaxassis «rossoneri»da bosh murabbiy va texnik direktor lavozimini egallaydi. «Milan» bosh direktori Ivan Gazidis bu haqda texnik direktor Paolo Maldinini xabardor qilgan. O‘z navbatida Maldiniga boshqa lavozim taklif qilinadi.
Avvalroq Rangnik «Milan»ni boshqarishi uchun 5 yillik shartnoma va ko‘plab qo‘shimcha vakolatlarni, xususan klubning transfer siyosatini boshqarish huquqiga ega bo‘lishni, shuningdek, yangi futbolchilar uchun 75-80 mln yevro mablag‘ talab qilgan edi. «Rossoneri» rahbariyati murabbiyning bu talablarini bajarishga rozi bo‘lgan.
Ayni paytda «Milan»ni Stefano Pioli boshqarmoqda. Uning shartnomasi joriy mavsumning oxiriga qadar mo‘ljallangan. «Milan» A Seriya jadvalida 46 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *