Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Loris Son bilan ziddiyat haqida: «Bu – futbolning bir qismi»

Loris Son bilan ziddiyat haqida: «Bu – futbolning bir qismi»

Автор: admin

APL 33-turi doirasidagi «Everton»ga (1:0) qarshi o‘yinda «Tottenhem» hujumchisi Son Xyon Min bilan janjallashib qolgan jamoa sardori Ugo Loris o‘yindan keyin ushbu vaziyatga to‘xtaldi.
«Bu klubning ichki masalasi va faqat oramizda qoladi. Undan tashqarida nima deyish o‘zingizga havola. Jamoada barcha futbolchilar bir-birini hurmat qiladi. Son bilan o‘rtamizda kelib chiqqan ziddiyat ham futbolning bir qismi. Shov-shuv qilishga arzimaydi, sababi oramizda hech qanday muammo yo‘q. O‘yin oxirida ikkimiz ham jamoaning bir qismi ekanligimizdan va g‘alabadan mamnunligimizni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak», - deya Lorisning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» ushbu g‘alabadan keyin 48 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *