Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Allegri «Real» taklifini rad etganini aytdi

Allegri «Real» taklifini rad etganini aytdi

Автор: admin

«Milan» (2010-2014) va «Yuventus» (2014-2019) klublari sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining aytishicha, u Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin edi.
«Ikki yil oldin «Real» klubi rahbariyati bilan gaplashgan edik. Ammo bundan hech narsa chiqmadi, sababi o‘shanda «Yuventus» bilan amalda shartnomam bor edi. Qolaversa, o‘zimni bu klub va jamoa muxlislaridan qarzdordek his qilgandim», - deya Massimilianoning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, Allegri murabbiylik faoliyati davomida «Yuventus» bilan 5 karra Italiya chempioni, 4 karra kubok, 2 karra Superkubok g‘olibiga aylangan. «Milan» bilan esa A Seriya va Superkubokdan bir martadan zafar quchib, Italiya futboli shon-shuhrat zalidan joy olgan.
119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *