Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Messi uch yil to‘pga tegmasa ham, Ronaldu uning natijasiga etolmaydi

Messi uch yil to‘pga tegmasa ham, Ronaldu uning natijasiga etolmaydi

Автор: admin

Messi takrorlanmas iste’dod sohibi
Resurs Football Threads kompaniyasi “barselona” sardori Lionel Mesi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning samaradorligi statistikasini o‘rganib chiqdi.
Unga ko‘ra, Messi keyingi 15000 ming daqiqa yoki 166 ta uchrashuv (qariyb uch mavsum) davomida gol urmasa va golli pas oshirmasa ham hujumdagi samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha Ronaldudan yuqorida turaveradi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Messi har 85,3 daqiqada gol uradi yoki assistni amalga oshiradi.
Shu paytga qadar, Messi 863 ta uchraguvda 700 ta gol va 317 ta golli pas berib, gol-pas tizimi bo‘yicha 1017 ochko jamg‘argan. Ronaldu esa 1006 o‘yinda 729 ta gol va 259 ta assist bilan 988 ochko to‘plagan.
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *