Goal24.uz » O'zbekiston » Jasurbek Yaxshiboyevning transfer bahosi bir barobarga qimmatlashdi

Jasurbek Yaxshiboyevning transfer bahosi bir barobarga qimmatlashdi

Автор: admin

Germaniyaning «Transfermarkt» portali iyul oyida bir qator futbolchilarning transfer bahosiga o‘zgartirish kiritdi. 
Xususan, Belarus Oliy ligasida to‘p surayotgan «Energetik-BGU» hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyevning transfer qiymati bir barobarga qimmatlashgan. Yil boshida 300 ming yevroga baholangan 22 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachi hozirga kelib Belarus chempionatida 9ta gol bilan to‘purarlik qilib, o‘zining transfer bahosini 600 ming yevrogacha ko‘tarib olgan. Natijada Yaxshiboyev «Energetik-BGU» klubining eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.
Transfer narxi bo‘yicha Jasurbek Yaxshiboyev o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 21-o‘rinda qayd qilingan. Bu borada hali hamon «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov peshqadamlik qilmoqda – 5,2 million yevro. 
Ma’lumot uchun, huquqiy jihatdan «Paxtakor» klubiga tegishli Jasurbek Yaxshiboyevga Belarusning ikki grand klubi BATE va «Dinamo» Minsk klublari qiziqish bildirgandi. 
Oldinroq «Paxtakor» sport direktori Ja’far Irismetov Tribuna.uz saytiga 22 yoshli yarimhimoyachi uchun Portugaliya, Vengriya va Polsha klublaridan qiziqish borligini ma’lum qilgandi.
229   
Добавить комментарий
Ваше имя: *