Goal24.uz » Transfer » “Real” Mbappeni tekinga qo‘lga kirtish yo‘lini topdi

“Real” Mbappeni tekinga qo‘lga kirtish yo‘lini topdi

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Mbappe Madridda?!

“ElChiringuito”ning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Mbappeni qo‘lga kiritishning yangi uslubini o‘ylab topdi.
Unga ko‘ra, jamoa futbolchini 2022-yilda erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi. Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmagani uchun “qaymoqranglilar” 100 million yevro bonus to‘lamoqchi.
Hozircha, bu ma’lumotni futbolchining o‘zi tasdiqlagani yo‘q, biroq Parij klubidan shartnomani uzatirish borasida kelib tushgan ilk taklifni rad etishga ulgurdi. Killianning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilda o‘z yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Killianning Parij klubi safida (Liga 1 musobaqasida) 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol+ 6 ta assist yozdirib qo‘ydi.
“Lasio” arzonlashtirdi

 
Rimning “Lasio” jamoasi Sergey Milenkivich-Savichni sotib yuborishga tayyor. Hatto “burgutlar” serbiyalik futbolchini arzonroq qo‘yib yuborishga ham qarshi emas.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, rimliklar yarim himoyachining narxini 100 milliondan 70 millionga tushirib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Sergeyga PSJ, “Real Madrid” va “Chelsi” klublari jiddiy qiziqish bildirgan edi.
“Borussiya Dortmund” taxdid qildi!

 
Dortmundning “Borussiya” jamoasi Sanchoning transferi “Manchester Yunayted” uchun ma’lum vaqt ajratdi.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, nemislar “qizil iblislar”ga Sanchoni 10 avgustdan so‘ng sotmasligini rasman e’lon qilgan. Shu sababli, endilikda “Manchester Yunayted” tezroq 120 million yevro to‘pishi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jeydon Bundesliganing 32 ta o‘yinida maydonga tushdi va 17 ta gol+16 ta assistga mualliflik qildi.
Allegri PSJda?!

 
Ayni damda erkin agent maqomidagi Massimilano Allegri tez orada Parij klubida ish boshlashi mumkin.
Bu haqida   “l’Equipe” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada aytilishicha, klub Tomas Tuxelning ishidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu bois, tez kelasi mavsumda italiyalik mutaxassis Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ayniqsa, Allegrinng ikki bor YECHL finaliga qadar yetib borgani Nosir Al-Helayfining e’tiborini tortmoqda.
Murabbiyning o‘zi esa, ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan. U tez orada APL grandlaridan birida o‘z kuchini sinab ko‘rish istagida.
“Inter”dan ko‘tara savdo


Milanning “Inter” klubi yozda bir nechta futbolchilarni transferga qo‘yishni reja qilmoqda
“Le Gazzeta Della Sport”ning ma’lum qilishicha, “qora ro‘yxatdan” Mozes, Godin, Birigi, Aleksis Sanches va Mattia Vesiniolar o‘rin egallagan.
Manbaning ma’lum qilishicha, bu futbolchilarning transferidan kelib tushgan pullar Antonio Kontening o‘yin uslubiga mos keluvchi futbolchilarning transferi uchun sarf etiladi.

270   
Добавить комментарий
Ваше имя: *