Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Pogbaning maoshini oshirishga tayyor

«MYU» Pogbaning maoshini oshirishga tayyor

Автор: admin

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa yarimhimoyachisi Pol Pogba bilan xayrlashmoqchi emas. Klub fransiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirmoqchi, deya yozmoqda Manchester Evening News.
Pogbaning amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyun kunigacha imzolangan bo‘lib, kelishuvda shartnomani yana bir yilgi uzaytirish bandi ham kiritilgan. 
Shunga qaramay, «Yunayted» rahbariyati Pogba kelajagini ham Manchesterda ko‘rishi uchun unga yangi shartnoma taklif qilib, haftalik 300 ming funt miqdorida maosh berishga tayyor. Hozirda klubda faqatgina David De Xea shuncha maosh oladi.
Oldinroq, Pogbaning «MYU»ni tark etib «Real» yoki «Yuventus»ga o‘tishni istayotganligi va bu klublar ham taklif bilan chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Sulsher murabbiyligidagi «MYU» oxirgi 11 o‘yindan 9tasida g‘alabaga erishdi. Jamoa APLda 55 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *