Goal24.uz » O'zbekiston » Pro-liga. «Neftchi» «Xorazm»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Pro-liga. «Neftchi» «Xorazm»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Автор: admin

Pro-liga 2-turi doirasidagi dastlabki uchrashuv Farg‘onada «Neftchi» hamda «Xorazm» jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida farg‘onaliklarning tajribali yetakchisi Mansur Saidov zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada Otabek Zokirov penaltidan farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin yakunida esa Dostonbek Toshmatov o‘z goli bilan «Neftchi»ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi.
Urganch klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Neftchi» ochkolari sonini 6taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. Turning yana 3ta uchrashuvi 8 iyul kuni o‘tkaziladi.
Pro-liga. 2-tur.
7 iyul, seshanba
«Neftchi» – «Xorazm» – 3:0

Farg‘ona, Qirguli. Tomoshabinlarsiz.
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Daler Tilloyev, Otabek Qosimov
Gollar: Mansur Saidov 42, Otabek Zokirov 59, Dostonbek Toshmatov 90.
«Neftchi»: Sherzod Abduraimov, Temur Sultonov, Eldor Ergashev, Mansur Saidov, Islombek Karimov, Otabek Zokirov, Islom Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Dilyorbek Ermatov, Doniyor Madaminov, Ilhom Vahobov (Dostonbek Toshmatov, 46).
«Xorazm»: G‘ayrat O‘dayev, Mirjalol Qurbonov, Jasur Atajonov, Temur Masharipov, Bahodir Murtozayev, Sardor Matmurodov, Dadaxon Yusupov, Habibulla Matyoqubov, Saidjamol Davlatjonov, Norxon Sheripov, Tursunmurod Hamdamov.
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *