Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” prezidentidan Messiga noxush xabar

“Barselona” prezidentidan Messiga noxush xabar

Автор: admin

Messi shokka tushsa kerak
“Barselona” rahbariyati jamoa etakchisi Lionel Messiga yoqmaydigan xabarni aytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kataloniya klubi Messining yana bir yil davom etadigan amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan maoshini qisqartirishga qaror qilgan. Buni futbolchiga “Barsa” prezidenti Joze Bartomeuning o‘zi aytmoqchi.
Messi klubda qolishni istayotgan bo‘lsa-da, klub boshqaruvidan norozi. Argentinalik futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.
Ayni paytda Messi oyiga 8 million evro atrofida maosh olmoqda. Bu mablag‘ni qisqartirish unga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.
155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *