Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. 60 metrdan gol kiritilgan o‘yinda OKMK «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi, «So‘g‘diyona» «Buxoro»dan ustun keldi

Superliga. 60 metrdan gol kiritilgan o‘yinda OKMK «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi, «So‘g‘diyona» «Buxoro»dan ustun keldi

Автор: admin

Superliga 8-turi doirasidagi so‘nggi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK Olmaliqda ta’qibchisi «Qo‘qon-1912» ustidan muhim g‘alabaga erishdi. Grigalashvili hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Sanjar Tursunov chamasi 60 metrlardan Botirali Ergashev darvozasini aniq nishonga oldi. 
Bambaning so‘nggi soniyalarda kiritgan goli mehmonlar uchun yetarli bo‘lmadi. Ushbu g‘alaba evaziga olmaliqliklar 2-o‘rindagi o‘rnini mustahkamlashdi.
Ulug‘bek Baqoyev esa «So‘g‘diyona» jamoasi bilan sobiq klubi «Buxoro» ustidan g‘alabaga erishdi. Muhsin Muhammadiyev jamoasi ketma-ket 8-o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etildi.
Bu g‘alabadan keyin Jizzax klubi ochkosi 14taga yetgan bo‘lsa, Buxoro jamoasi 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinlarda qoldi.
Superliga. 8-tur
7 iyul, seshanba
OKMK - «Qo‘qon-1912 - 2:1 

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, G‘ayrat Jo‘rayev
Gollar: Elguja Grigalashvili 54, Sanjar Tursunov 57 – Yakuba Bamba 90+1.
OKMK: 32.Suhrob Sultonov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 31.Saydullo Rahmatov (3.Sardor Rahmonov, 46), 6.Erkin Baydullayev, 4.Mirjamol Qosimov (77.Arslonmirat Amanov, 61), 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abdurahimov (88.Igor Zonich, 69), 7.Elguja Grigalashvili, 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 61).
«Qo‘qon-1912»:  1.Botirali Ergashev, 3.Bobur Akbarov, 7.Shohnazar Norbekov, 9.Suhrob Berdiyev (22.Muhammadanas Hasanov, 65), 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov (17.Muzaffar Muzaffarov, 59), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayevats ( 19.Hamidullo Abduhamidov, 65), 70.Murod Xolmuhammedov. 
«So‘g‘diyona» – «Buxoro» - 3:1
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Timur Galeyev, Doniyor Saylavov, Komil Rasulov
Gollar: Shohruz Norxonov 22, Javohir Qahramonov 59, Sahob Rashidov 80 – Boburbek Farhodov 50.
«So‘g‘diyona»: 1.Shirinboy Abdullayev, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Oripov, 8.Jamshid Boltabayev (21.Sahob Rashidov, 78), 10.Shohruz Norxonov (5.Ayubxon No‘monov, 78), 11.Jasur Hasanov, 12.San’at Shixov, 18.Shavkat Mullajonov (93.Marko Kolakovich, 60), 20.Bahodir Nasimov (19.Javohir Qahramonov, 55), 22.Shahboz Jo‘rabekov, 80.Elivelto Ribeyro (7.Sanjar Rashidov, 56).
«Buxoro»: 91.Zafar Safoyev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Boburjon Amanov, 7.Suhrob Ne’matov (17.Behruz Sa’dilloyev, 70), 16.Jasur Hasanov, 19.Behzod Sayidov, 26.Abror Xusinov, 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amanov (9.Jasur Hakimov, 71), 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullayev (11.Zohir Pirimov, 60).
229   
Добавить комментарий
Ваше имя: *