Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Angliya klubi barcha etakchi futbolchilaridan voz kechdi

Angliya klubi barcha etakchi futbolchilaridan voz kechdi

Автор: admin

Endi ular kerak emas
Angliya premer-ligasini tark etayotgan “Bornmut” mavsum yakunlanishi bilan katta o‘zgarishlarga qo‘l uradi.
Bu klub katta maosh olayotgan barcha etakchi futbolchilarini transferga qo‘yishga qaror qildi. Bunga pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat sabab bo‘ldi.
Ayni paytda jamoani tark etadiganlar orasida Natan Ake, Joshua King, Devid Bruks, Kallum Uilson kabi mashhur futbolchilar nomi tilga olinmoqda. Shuningdek, jamoani premer-ligada olib qola bilmagan bosh murabbiy Eddi Xau ham  tark etadi.
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *