Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manchesterning ikki klubi Italiya klublariga “zarba” bermoqchi

Manchesterning ikki klubi Italiya klublariga “zarba” bermoqchi

Автор: admin

Angliya klublari qudratli
“Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” Italiya chempionatida yuqori marralar uchun kurashadigan “Inter” va “Napoli”ning eng zo‘r futbolchilarini olmoqchi.
“Siti” bosh murabbiyi Gvardiola klub rahbariyatidan Vensan Kompanidan qolgan markaziy himoyaga ishonchli futbolchi olib kelishni talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis bu o‘ringa  Kalidu Kulibali munosib ekanini ta’kidlamoqda.  “Napoli” himoyachisini 70 million funtdan kamiga qo‘yib yubormaydi.
Shu bois, agar bu transfer amalga oshmasa, “Siti”  “Inter”dan Milan Shkrinyar olishga urinadi. Bu transfer haqiqatga yaqin. Chunki milanliklar o‘z futbolchisini Serxio Agueroga aylmashishga roziligini bildirgan.
Italiya chempionatida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan bu ikki futbolchiga “Manchester Yunayted” ham da’vogar. Biroq, MYu rahbariyati chempionat yakunlanishi kutmoqda. Agar Sulsher shogirdlari Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, “Manchester Yunayted” ham qimmatbaho futbolchilar transferiga kirishadi.
Shuningdek, Sulsher ro‘yxatida Kulibali va Shkrinyardan tashqari “Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekano va “Suonsi” o‘yinchisi Jo Rodon ham bor.
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *