Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Neymarning transferi bo‘yicha o‘tkazilgan sudda g‘olib chiqdi

«Barselona» Neymarning transferi bo‘yicha o‘tkazilgan sudda g‘olib chiqdi

Автор: admin

Sport arbitraj sudi (CAS) «Santos» klubining FIFA tashkilotiga Neymar transferi bo‘yicha bergan apellyatsiyasini rad qildi.
Braziliya klubi sobiq futbolchisining «Barselona»ga amalga oshirilgan transferida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun 61,3 mln yevro kompensatsiya talab qilgan edi.
CAS «Santos» bilan futbolchi o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga binoan bekor qilingan va «Barselona» futbolchining otasi bilan N&N kompaniyasiga bonus to‘lagan paytida hech qanday qonunni buzmagan deb topdi. Shuningdek, «Barselona» Neymar bilan dastlabki kelishuvni imzolagan paytida ham qoidani buzmagan bo‘lib chiqdi.
Endi «Santos» klubi 20 ming Shveysariya franki miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lab berishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga 88 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Braziliya klubi bu qiymatni hujjatlarda qisqartirilganini, amalda esa ko‘proq bo‘lganini ta’kidlab, kompensatsiya talab qilgan edi.
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *