Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Lester» «Arsenal» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, «Chelsi»ni 3-o‘ringa o‘tkazib yubordi

APL. «Lester» «Arsenal» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, «Chelsi»ni 3-o‘ringa o‘tkazib yubordi

Автор: admin

Angliya chempionatida 34-tur o‘yinlari davom etmoqda. Londonda «Arsenal» mehmoni bo‘lgan «Lester» 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Per-Emerik Obameyang va Jeymi Vardi bittadan gol urishdi.
Bu durangdan so‘ng «Lester»ning ochkolari soni 59taga yetdi va «tulkilar» oldinroq «Kristal Pelas»ni mag‘lub etgan «Chelsi»ni 3-o‘ringa o‘tkazib yubordi. «Lester» 4-o‘ringa joylashdi va 5-o‘rindagi «MYU»dan 4 ochko oldinda. «Arsenal» esa 50 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
APL. 34-tur
Arsenal – Lester 1:1
Gollar: Obameyang (21) – Vardi (84).
Arsenal: Martines, Belerin, Mustafi, David Luiz, Tirni, Sebalos (Torreyra, 80), Chaka, Kolashinats, Lyakazett (Nketia, 71), Obameyang (Meytlend-Naylz, 90), Saka (Uillok, 71).
Lester: Shmeyxel, Bennett (Grey, 76), Evans, Seyundjyu, Djastin, Ndidi (Prat, 82), Tilemans, Olbrayton (Fuks, 59), Peres, Vardi, Ixeanacho (Barns, 59).
Chetlatish: Nketia (75).
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *