Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Milan” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Yuventus”ni mag‘lub etdi

A Seriya. “Milan” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Yuventus”ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida “Milan” va “Yuventus” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida maydonda taktik kurash kechdi va tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar oltita gol urishga muavaffaq bo‘ldi.
Dastlab turinliklar Adriyen Rabyo va Krishtianu Ronalduning gollaridan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq milanliklar bunga to‘rtta gol bilan javob qaytardi.
62-daqiqada Zlatan Ibragimovich penaltini aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi. 66-daqiqada Frank Kessie “Yuventus” himoyachilarini dog‘da qoldirib, muvozanatni tikladi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Rafael Leau mezbonlarning uchinchi goliga muallif bo‘ldi. 80-daqiqada mehmonlar yana himoyada xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan Ante Rebich unumli foydalandi — 4:2.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” ochkolarini 49 taga yetkazib oldi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Yuventus” esa 75 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.
Ikkinchi o‘rindagi “Latsio” (68 ochko) safarda “Lechche”ga yutqazib qo‘ydi va turinliklar bilan o‘rtadagi farqni qisqartirish imkoniyatini ko‘kka sovurdi.
A Seriya
31-tur bahslari
7-iyul, seshanba

“Milan” — “Yuventus” 4:2

Gollar: 0:1 – 47 Rabyo, 0:2 – 53 Ronaldu, 1:2 – 62, penalti Ibragimovich, 2:2 – 66 Kessie, 3:2 – 67 Rafael Leau, 4:2 – 80 Rebich.
“Milan”: Donnarumma, Kyer, Teo, Konti (Kalabriya, 82), Romanyoli, Bennaser, Salemakers (Rafael Leau, 60), Lukas Paketa (Chalxono‘g‘lu, 46), Kessie, Ibragimovich (Bonaventura, 67), Rebich (Krunich, 82).
“Yuventus”: Shensni, Rugani, Bonuchchi, Danilo, Rabyo (Matyuidi, 69), Kuadrado (Aleks Sandro, 77), Pyanich (Remzi, 69), Bentankur (Muratore, 90), Bernardeski, Iguain (Duglas Kosta, 69), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Lukas Paketa (31), Bennaser (36), Rebich (59), Bonuchchi (62), Konti (73).

“Lechche” — “Latsio” 2:1

Gollar: 0:1 – 5 Kaysedo, 1:1 – 30 al-Babakar, 2:1 – 47 Luchoni.
185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *